Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tovarlarini "reklama" qildirish qimmatga tushdi

Tovarlarini "reklama" qildirish qimmatga tushdi

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro A.SH. ariza bilan murojaat qilib, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida “Maqsudjon” ismli shaxs bank kartasidagi 1.220.000 so‘m pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida yashovchi 15 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.A., “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali A.SH. bilan tanishib, uning mahsulotlarini reklama qilib berishga kelishib, oldindan reklama uchun 1.220,000 so‘m pullarini bank kartasiga o‘tkazdirib olib, so‘ng va’dasini bajarmasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 14:21 03.12.2023. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!