Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

“Toshshahartransxizmat” AJ "Yutong" rusumli elektrobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi

A A A
“Toshshahartransxizmat” AJ "Yutong" rusumli elektrobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi

🔹Joriy yilning 7 sentyabr kuni "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli avtobus Bektemir tumani, Suvsoz dahasidan Toshkent vokzali Husayn Boyqaro ko‘chasi Quyuv Mexanika zavodi qarshisida 34-35 km tezlikda harakatlanayotgan elektrobusga ikki yo‘nalishli harakat oqimida transport vositalarining 3 ta qator bo‘lib harakatlanishi yo‘nalishga halaqit berishi natijasida, haydovchi elektrobus boshqaruvini o‘ng tomonga burgan va yo‘l yoqasida turgan beton stolbaga urilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida elektrobusdagi yo‘lovchilarning 5 nafari hamda haydovchi tan jarohati olgan. Tan jarohati olgan 5 nafar yo‘lovchi "Shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi" va "Toshkent shahar 4-sonli klinik shifoxonasi"ga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborilgan.

🔹Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:03 08.09.2023. O'qildi: 1829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!