Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 03.07.2013 yildagi 4170/2013-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor SH.E.dan undiruvchi D.M. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor SH.E. ish joyiga ega bo‘lganligi va muntazam ravishda aliment uning ish haqidan o‘z vaqtida undirib kelinganligi sababli undiruvchi D.M. biror marotaba e’tiroz bilan murojaat qilmagan.
Joriy yilning 24 may kuni undiruvchi D.M. turmush o‘rtog‘ining ish haqi va boshqa to‘lovlarini qayta hisob-kitob qilish masalasida qilgan murojaati o‘rganilganida, qarzdor SH.E. 2017-2020 yillar va 2021 yil 4 oyi davomida unga hisoblangan ish haqidan tashqari boshqa to‘lovlardan aliment uchun sud buyrug‘ida belgilangan 1/3 qism miqdorida pul mablag‘larini ajratmaganligi aniqlangan.
Qayta hisob-kitob natijasida qarzdor SH.E. 4 yildan ortiq davr mobaynida ish haqidan tashqari daromadlarini yashirishi oqibatida 106 mln. 500 ming so‘m aliment qarzi to‘lanmasdan qolganligi ma’lum bo‘ldi.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor SH.E.dan 106 500 000 so‘m hisobida 10.000 (o‘n ming) AQSh dollari miqdoridagi aliment puli naqd shaklda xolislar ishtirokida to‘liq undirilib, unga topshirildi.
Shu bilan birgalikda, qarzdor SH.E.ning ma’muriy javobgarlik masalasi ham hal etildi.