Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentning qaysi hududlarida eng ko‘p YTH sodir bo‘lishi aytildi

Toshkentning qaysi hududlarida eng ko‘p YTH sodir bo‘lishi aytildi

Toshkent shahar hokimligining Ochiq ma’lumotlar portalida keltirilgan raqamlarga ko‘ra, 2018 yildan to 2025 yilning avgustiga qadar Respublika bo‘yicha jam 32 028 ta YTH sodir bo‘lgan.

Bunda 2018-2024 yillar uchun o‘rtacha qiymat, ya’ni yillik 4 350 ta YTHga nisbatan mazkur holatlarning sodir bo‘lishi 2025 yilda 10,02 foizga oshgan. Bu raqamlar, ayniqsa, 2023 yilning 1 aprelidan kuchga kirgan – shaharlarda tezlikning 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirilishi fonida yanada o‘sgani bilan e’tiborli. Ya’ni, aynan 2021 yilda 3 452 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda bu boradagi raqam 5 094 taga (2023 yilda 4 733 ta, 2024 yilda 5 008 ta va 2025 yilning yanvar-avgustida 4 350 ta) yetgan.

Joriy yilning aprel-iyul oylarida esa poytaxtda YTHlar soni ketma-ket 630-640 ta atrofida sodir bo‘lgan.
Toshkentning qaysi hududlarida eng ko‘p YTH sodir bo‘lishi aytildi

2018-2025 yillarda YTHlar soni tumanlar kesimida:

  1. Yunusobod – 4 232 ta;
  2. Chilonzor – 4 214 ta;
  3. Yashnobod – 3 219 ta;
  4. Mirzo Ulug‘bek – 3 136 ta;
  5. Shayxontohur – 2 917 ta;
  6. Olmazor – 2 806 ta;
  7. Uchtepa – 2 594 ta;
  8. Seregli – 2 322 ta;
  9. Mirobod – 2 161 ta;
  10. Yakkasaroy – 1 719 ta;
  11. Bektemir – 1 596 ta;
  12. Yangihayot – 1 041 ta;
Kiritildi: 16:05 08.09.2025. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!