Toshkent shahar Chilonzor tumanining ayrim joylarida ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning “Xirmon-tepa” MFY hududidan o‘tgan yer usti d-76 millimetrli o‘rta bosim gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu tufayli 1 aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
“Xirmon-tepa”, “Kichik xirmon-tepa”, “Katta xirmon-tepa” MFYlarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 5 306 ta aholi xonadonlarida hamda 14 ta ulgurji iste’molchilarida.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.