Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentning 2 tumani vaqtincha gazdan uzildi

A A A
Toshkentning 2 tumani vaqtincha gazdan uzildi

Bugun ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" GTF xabar berdi.

Mirobod tumani Aholi iste’molchilari: "Baynalmilal" MFY Nukus ko‘chasidagi 3 ta va Mironshoh 7-tor ko‘chasidagi 2 ta ko‘p qavatli uylardagi 280 ta xonadon; Mironshoh, Oq yo‘l 1-berk va Mironshoh 8-tor ko‘chalaridagi 95 ta yerli xonadon Ulgurji iste’molchilar soni: 6 ta

Yakkasaroy tumani Aholi iste’molchilari: "Damariq" MFY K.Beshyog‘och, A.Qahhor ko‘chalaridagi 35 ta ko‘p qavatli uylardagi 2420 ta xonadon; Oq uy ko‘chasidagi 10 ta yerli xonadon Ulgurji iste’molchilar soni: 24 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:32 29.07.2024. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!