Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentning 10 ta tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi

Toshkentning 10 ta tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi

Toshkentda o‘n ta tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning farmoyishida aytilgan.

Tekshiruv o‘tkazishga korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasi asos bo‘ldi.

Xususan, tekshiruv Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod va Yashnabod tumanlari hokimlariga daxldor bo‘ladi.

Hujjat bilan maxsus shahar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Unga agentlik taqdimnomasida keltirilgan vajlarni xolisona o‘rganib chiqish va tegishli xulosalarni rasmiylashtirish topshirildi.

Zarurat tug‘ilganda tekshiruvga sohaviy tashkilot va idoralar mutaxassislari jalb etilishi mumkin.

Kiritildi: 14:06 04.08.2026. O'qildi: 1803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!