🛏 Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (erkak)da 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan. 18 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, so‘ng kasallikning klinik belgilari kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan va og‘ir holatda reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.
🔎 Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.
▪️O‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromdan vafot etgan.