Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi yirik bozorlar rahbarlari qamoqqa olingani rasman tasdiqlandi

Toshkentdagi yirik bozorlar rahbarlari qamoqqa olingani rasman tasdiqlandi

Toshkentdagi bir qator bozorlarning sobiq rahbarlari qamoqqa olingani tasdiqlandi va hozirda sud jarayoni ketmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar R. Abdumajitov (1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Toshkent shahar savdo va ishlab chiqarish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan),

R. Rasulov (1963 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Toshkent oziq-ovqat zahirasi DK direktori lavozimida ishlagan),

D. Arifdjanov (1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori MCHJ direktori lavozimida ishlagan),

D. Tillyaxodjayev (1957 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Navro‘z davlat qabullar uyi DK direktori lavozimida ishlagan),

O. Mustayev (1986 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Yunusobod dehqon bozori AJ direktori lavozimida ishlagan),

B. Yusupov (1956 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Yunusobod dehqon bozori AJ direktori lavozimida ishlagan),

D. Muratov (1959 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, O‘rikzor savdo kompleksi MCHJ direktori lavozimida ishlagan),

B. Abdumajitov (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Poytaxt Nastarin Gullari MCHJ ta’sischisi),

F. Mirxaydarov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan),

I. Sabirov (1968 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Chorsu buyum savdo kompleksi AJ direktori lavozimida ishlagan),

A. Odilov (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning yuk saqlash omborxonasida nazoratchi-kassir lavozimida ishlagan),

SH. Tursunov (1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning shartnoma va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),

O. Masharipov (1961 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Eski Juva dexqon bozori AJ direktori lavozimida ishlagan),

D. Mirtadjiyev (1978 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJ direktori lavozimida ishlagan),

B. Toshmatov (1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Bek to‘pi savdo kompleksi MCHJ direktori lavozimida ishlagan),

S. Djamalov (1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning yuk saqlash omborxonasi brigadiri lavozimida ishlagan),

B. Rixsibayev (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan, Manzur Guzari MCHJ rahbari),

M. Sultanov (1957 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Toshkent Tantana Servis MCHJ direktori lavozimida ishlagan),

M. Muminov (1958 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan,O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Toshkent Sayohat Servis MCHJ direktori),

F. Axmadjonov (1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Imkon Agro MCHJ direktori),

A. Usmonov (1980 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti o‘rta, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz),

Z. Avazov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik), 184 (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189 (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192-1 (xususiy mulk huquqini buzish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 208 (hokimiyat harakatsizligi), 209 (mansab soxtakorligi), 210 (pora olish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov hozirda sud jarayoni ketayotgani haqida 7news.uz ga xabar berdi.

Kiritildi: 13:52 03.04.2019. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!