Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 9 may kuni soat 14:00 atrofida noma’lum shaxslar yerto‘laning qulfini buzib, 28 yoshli J.T.ga tegishli muzlatgich, mikroto‘lqinli pech va 11 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab voqea joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi ("O‘g‘irlik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar davomida jinoyatchilar ertasi kuniyoq aniqlanib, qo‘lga olindi. Ular 54 yoshli P.L. va 31 yoshli M.K. bo‘lib chiqdi.
Bugungi kunda tergov davom etmoqda.