Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan rossiyaliklar ishi bo‘yicha 4 kishi qo‘lga olindi

A A A
Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan rossiyaliklar ishi bo‘yicha 4 kishi qo‘lga olindi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Qo‘lga olinganlar orasida mehmonxona egasi, santexnik va sifatsiz isitish jihozlarini sotgan ikki kishi bor.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 20 oktyabr kuni isitish qozonidan is gazi sizib chiqqan. Buning oqibatida Rossiya fuqarolari – 47 yoshli Inessa Papernaya va 45 yoshli Maksim Radchenko, shuningdek, o‘zbekistonlik 48 yoshli Xushnud Udekov is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasining tegishli xulosalarida ularning o‘limi is gazi va vodorod sulfid gazlaridan o‘tkir zaharlanish oqibatida nafas yetishmovchiligidan ro‘y bergani qayd etilgan.

RIA Novostining yozishicha, isitish qozoni eskirgani va uni o‘rnatishda zarur qismlar chiqarib tashlangani aniqlangan. Oqibatda gaz sizib chiqib, mehmonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 18:12 10.01.2025. O'qildi: 3827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!