Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi “dom”ning tomiga noqonuniy restoran qurilgani aniqlandi

Toshkentdagi “dom”ning tomiga  noqonuniy restoran qurilgani aniqlandi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning tomiga noqonuniy restoran qurilgani aniqlandi, deya yozmoqda Uznyus.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazilgan.

Reyd tadbiri davomida Yakkasaroy tumani “Shota Rustavelli” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining tom qismida o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, mazkur restoran shaharsozlik me’yorlari va qonunchilikka zid. Natijada uyning bardoshlilik darajasiga ham keskin xavf tug‘dirgan.

“Agar fuqaro aytilgan ko‘rsatmalarni belgilangan muddatda bajarmasa, huquqbuzar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi hamda mazkur holatni majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etiladi”,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!