Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda «yo‘qolgan» haydovchilarning barchasi oilasi bag‘riga qaytdi

A A A
Toshkentda «yo‘qolgan» haydovchilarning barchasi oilasi bag‘riga qaytdi

Xorij va mahalliy elektron nashrlarda «Toshkentda ikki oy mobaynida 6 nafar avtohavaskor yo‘qoldi» sarlavhasi ostida materiallar e’lon qilindi. Bu haqida IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur materiallarda ko‘rsatib o‘tilgan barcha shaxslarning turar joyi aniqlangan. Ular hozirda uylarida, yaqinlari davrasida. Faqatgina taksi haydovchisi Dilmurod V. dan tashqari: u jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jumladan, Mercedes-Benz mashinasida 2 sentyabrda uydan chiqib ketgan va oilasi tomonidan 9-sentyabrda qidiruvga berilgan Bositxo‘ja B. ertasi kuni Sergeli tumanidan topildi. O‘z qilmishini u uydagilar bilan kelishmovchilik sifatida izohladi.

Uydan 1 avgustdan chiqib ketgan va 6 sentyabrda qidiruvga berilgan Matiz haydovchisi Ibrohim U. esa 3 kundan so‘ng Ohangarondan topildi. 36 yoshli erkakning aytishicha, tanishlaridan qarzdor bo‘lib qolgan va mashinani mast holda boshqargani uchun belgilangan jarimani to‘lashi kerak bo‘lgan.

Nexia xizmat avtomobilida 9 avgustda chiqib ketib, na uydagilari, na ish beruvchilari bilan bog‘langan Dadaxon N. Buxoroda, «shaxsiy yumushlari» bilan yurgani aniqlandi. U 18 avgustda Toshkentga qaytdi.

Kiritildi: 13:23 13.09.2018. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!