Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda yo‘l-harakatini tashkil etish yagona markazi yaratiladi

Toshkentda yo‘l-harakatini tashkil etish yagona markazi yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtda transport boshqaruvini yaxshilashga qaratilgan ushbu tashabbusni ma’qulladi.

Yangi markaz shahar transportini real vaqt rejimida sun’iy intellekt orqali boshqaradigan yagona platforma bo‘ladi. U kameralar, datchiklar va GPS qurilmalari ma’lumotlarini tahlil qilib, tirbandliklarni oldindan bashoratlaydi, svetoforlarni avtomatik moslaydi, yo‘nalishlarni optimallashtiradi va YTH sodir bo‘lganda favqulodda xizmatlarni tezkor chaqiradi.

Prezident pilot loyihani shu yiliyoq ishga tushirish, keyinchalik esa uni kengaytirib, 2030 yilgacha barcha hududlarga integrasiya qilishni topshirdi.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!