Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda YTH. BYD piyodani urib ketdi

A A A
Toshkentda YTH. BYD piyodani urib ketdi

2 may kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida BYD piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan odamni urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:05 larda Yashnobod tumani Nukus-Farg‘ona yo‘li ko‘chalari chorrahasida BYD rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:48 02.05.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!