Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda yana bir ko‘cha yopilishi sababli avtobuslar harakati o‘zgaradi

Toshkentda yana bir ko‘cha yopilishi sababli avtobuslar harakati o‘zgaradi

Shota Rustaveli ko‘chasining Grand Mir mehmonxonasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha quyidagicha o‘zgartiriladi:

✅ Yagona taraflama harakat:

🔹 18, 38, 58, 81-sonli yo‘nalishlar – Grand Mir mehmonxonasidan Bobur ko‘chasigacha bir tomonlama harakatda bo‘ladi.

🏙 Shahar markazi tomon yo‘nalishlar:

🔹 18-sonli yo‘nalish: Bobur – Nukus – Mirobod ko‘chalari orqali
🔹 38-sonli yo‘nalish: Muqimiy – Nukus 2 – Oybek ko‘chalari orqali
🔹 58-sonli yo‘nalish: Bobur – Nukus – Oybek ko‘chalari orqali

🔁 Boshqa o‘zgarishlar:

🔹 57, 98-sonli yo‘nalishlar: Yusuf Xos Hojib – Bobur ko‘chalari orqali
🔹 67-sonli yo‘nalish: Oybek – Shahrisabz – Mirobod – Nukus ko‘chalari orqali (ikkala tomonda ham)
🔹 81-sonli yo‘nalish (Qo‘yliq bozori tomon): Yusuf Xos Hojib – Bobur ko‘chalari orqali
🔹 2, 12, 40, 45, 80, 94, 127-sonli yo‘nalishlar: Muqimiy ko‘chasining Bobur ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqdan harakatlanadi.

Kiritildi: 13:57 08.08.2025. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!