Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi

Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi

Toshkentda umumiy uzunligi 18 km bo‘lgan 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi.

«Toshshahartransxizmat» AJ xabariga ko‘ra, hozirda 53 km uzunlikdagi avtobus yo‘laklari mavjud.

Yangi yo‘laklar tashkil etilishi natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yo‘lovchilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oshiriladi.

Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29 foizga yaxshilandi.

Ushbu yo‘laklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yo‘lovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.

Kiritildi: 10:35 13.11.2024. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!