Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra, endilikda o‘z uyi oldiga avtomobil qo‘yish ham pullik bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Avvalroq bozorlarda tasvirga olish pullik qilingani aytilgan edi. Endi esa uy oldidagi avval bemalol foydalanib kelingan “2x5” o‘lchamdagi joylar uchun yillik parkovka ruxsatnomasi olish talab qilinishi mumkin.
Aytilishicha, hozircha bu to‘lov miqdori taxminan "mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori" (1 oklad) atrofida belgilanishi mumkin.