Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda o‘z erini bo‘g‘ib o‘ldirgan ikki oylik kelinchak “ishi” sudga oshirildi

Toshkentda o‘z erini bo‘g‘ib o‘ldirgan ikki oylik kelinchak “ishi” sudga oshirildi

Toshkent shahrida 2019 yilning 5 oktyabr kuni mudhish qotillik sodir etildi.

Ushbu qotillik ijtimoiy tarmoqlarda shu daraja tez tarqaldiki, buning natijasida voqealar rivoji aniq tafsilotlari bilan bayon qilib berildi.

Tug‘ilgan kunini nishonlash arafasida yurgan, Xususiy banklardan birida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydigan 26 yoshli Abduvosiqov Abbos MUzaffar o‘g‘li(8 oktyabr tug‘ilgan kuni )o‘z xotini va xotinining qarindoshi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirildi.

To‘ylari bo‘lganiga uch oy to‘lmagan bu ikki yoshning taqdiri, shu kuni jinoyat oqibatida tugadi.

Toshkent shahar Shayontohur tuman IIBning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Abbos o‘zining rafiqasi Abduvosiqova Kamolaxon Abdulaziz qizi va Hakimov Otabek Davron o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgan. Ayni o‘sha kuni Hakimov Otabek marhumga tegishli bo‘lgan 2 dona Iphone rusumli telefon va 650 AQSh dollarini olib voqea joyidan yashiringani ham ma’lum qilingan.

“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi taqdim qilgan tergov hujjatlariga ko‘ra, dastlabki tergov harakatlari tugadi. Ish sudga oshirildi.

Prokuratura organlari tomonidan ochilgan 1-10-2003/9-sonli jinoyat ishida qayd etilishicha, o‘z erining qotili bo‘lgani aytilayotgan Abduvosiqova Kamolaxon Abdulaziz qizi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-modda 2-qismi “i”, “p” bandi (Qasddan odam o‘ldirish), 164-modda 3-qismi “g” bandi (Bosqinchilik), 227-modda 2-qismi “a” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228-modda 2-qismi “b” bandi, 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish)) bilan ayblanmoqda.

Ushbu jinoyat ishi doirasida Abbos Abduvosiqovni o‘ldirishda faol ishtirok etgani sababli Hakimov Otabekga ham  ayblov e’lon qilingan. U Jinoyat kodeksining 97-modda 2-qismi “i”, “p” bandlari (Qasddan odam o‘ldirish), 164-modda 3-qismi “v”, “g” bandlari (Bosqinchilik) bilan dastlabki tergov organi tomonidan aybdor deb topildi.               

Bu jinoyat ishi doirasida da’vogar Radjabov Muzaffar Abduvasiqovich (marhum Abduvasiqov Abbosning otasi) bo‘lib, Sud ishi 2020 yilning 22 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ko‘rila boshlanadi. Ushbu sud tergov harakatlari sudya Kamolov Zoir Toirovich raisligila o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 11:58 18.01.2020. O'qildi: 11114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!