Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda o‘tkaziladigan ikkinchi xalqaro PLAS-forumda yirik kompaniya direktorlari ishtirok etishi kutilmoqda

Toshkentda o‘tkaziladigan ikkinchi xalqaro PLAS-forumda yirik kompaniya direktorlari ishtirok etishi kutilmoqda

2022 yilning 25-26 may kunlari Toshkentda ikkinchi xalqaro PLAS-forumi o‘tkaziladi. Forum doirasida «O‘zbekistonda yuqori texnologiyali korxonalarni yaratishda sheriklik va hamkorlik» mavzusida davra suhbati tashkil etiladi. Unda Rossiya kiberxavfsizlik bozorining yetakchilaridan biri bo‘lgan “Aktiv” kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Vladimir Ivanov hamda «Raqamli oqim – Innovasiyalar» MCHJ rivojlanish bo‘yicha direktori Marina Lyubivaya ishtirok etadi.

Davra suhbatining maqsadi

Maqsad - axborot xavfsizligi sohasida texnologiyalarni import qilish va moslashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekistonning davlat organlari va mahalliy biznes vakillari bilan hamkorlik qilish yo‘llarini birgalikda muhokama qilishdan iborat.

Suhbatda kimlar ishtirok etadi?

➖ Vladimir Ivanov — Rossiya kiberxavfsizlik bozorining yetakchilaridan biri bo‘lgan “Aktiv” kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori;

U kompaniyaning Rutoken texnologiyalari hamda elektron imzo va ko‘p faktorli autentifikasiya uchun mahsulotlarini Rossiyadan Qozog‘istonga eksport qilish tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor.

➖ Marina Lyubivaya, «Raqamli oqim – Innovasiyalar» MCHJ rivojlanish bo‘yicha direktori (Qozog‘iston).

O‘zbekistondagi Forum ishtirokchilarini va barcha manfaatdor ekspertlarni davra suhbatida ishtirok etishga tavsiya beramiz.

Kiritildi: 16:26 11.05.2022. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!