Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda to‘yda qalbaki pullar bilan maqtanmoqchi bo‘lgan “shovvozlar” qamoqqa olindi

Toshkentda to‘yda qalbaki pullar bilan maqtanmoqchi bo‘lgan “shovvozlar” qamoqqa olindi

Toshkent shahrida to‘yda maqtanish uchun qalbaki pul yasaganlar hibsga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 27 yoshli Azizbek J. va Olimjon X.lar tanishlari Talantjon T.ning nikoh to‘yida o‘ynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida qalbaki pul yasattirgan. Ularning sinfdoshi Aziz T. kompyuter yordamida 100 ming so‘mlik kupyurani 10 million so‘m qilib yasab bergan. Bundan xabar topgan kuyov qalbaki 2 300 000 so‘mni olib, Qo‘yliq bozoriga borgan. U yerda qalbaki pullarni sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida, 14 dona 100 ming so‘mlik “AYE 2489763” raqamli pul kupyuralari poligrafik usulda tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi to‘rt nafar shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Kiritildi: 19:05 02.03.2021. O'qildi: 4006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!