2025 yil uchun davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan mamlakatda jamoat transportining ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazilishini tezlashtirish rejalashtirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahrida tramvay liniyasini qurish loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) ni ishlab chiqish taklif etilmoqda.
Loyiha xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 2025 yilning sentyabrigacha amalga oshirilishi kerak.