Notanish qo‘ng‘iroqlar orqali bank kartalaridan pul yechilayotgani haqidagi xabarlar haqiqatmi?
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda notanish qo‘ng‘iroqlar orqali bank kartalaridan pul yechib olinayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Markaziy bank bu ma’lumotlar haqiqatga mos emasligini ma’lum qiladi va fuqarolarga xavfsizlik choralarini tushuntiradi:
☑️ Banklar va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarini foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda qo‘shimcha biometrik identifikasiya hamda tasdiqlash kodlari orqali himoyalaydi.
☑️ Mobil ilovada karta biriktirish uchun SMS orqali kelgan tasdiqlash kodi faqat to‘g‘ri kiritilganda karta biriktiriladi. Agar kiritilgan telefon raqami va bank kartasi ulangan raqam turli bo‘lsa, biriktirish rad etiladi.
☑️ Yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning bank kartalaridan foydalanish 1 soatgacha cheklanadi.
❗️Agar siz login, parol yoki SMS kodi (OTP) ni boshqa shaxslarga berib qo‘ysangiz yoki zararli APK fayllarini qurilmangizga o‘rnatsangiz, kartangizdan pul noqonuniy yechib olinishi mumkin.