Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Toshkentda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-7 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida yangi texnologiyalardan terrorchilik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbir o‘zbekistonlik mutaxassislarni bu boradagi ilg‘or tajriba, zamonaviy uslub va amaliyotlar bilan yaqindan tanishtirish, tegishli xavf va tahdidlarning oldini olishga qaratilgan milliy chora-tadbirlar va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
2022 yilning 3-4 mart kunlari BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi konferensiyada ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasida o‘tkazilmoqda.

Trening BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil qilinmoqda.

Tadbir tinglovchilari sifatida huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari vakillari hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash va tahliliy tuzilmalarning ekspertlari qatnashishadi.

To‘rt kunlik seminarda BMTning Terrorizmga qarshi kurash markazi va Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasining kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi mutaxassislari ma’ruza qilishadi.

Kiritildi: 21:23 04.03.2024. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!