Ukraina prezidenti The Atlantic nashriga bergan intervyusida xalq manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan bitimga rozi bo‘lishdan ko‘ra, umuman kelishuv tuzmaslikni afzal ko‘rishini ma’lum qildi.
Vladimir Zelenskiyning intervyusidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Tramp uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatishdan ko‘ra kattaroq g‘alaba yo‘q. Bu Tramp qoldiradigan siyosiy merosdagi eng muhim vazifa;
◾️ Donald Tramp uchun eng foydali vaziyat — kelishuvni AQShdagi saylovlardan oldin amalga oshirish. To‘g‘ri, u kamroq o‘lim bo‘lishini xohlaydi. Lekin jiddiy aytganda, bu shunchaki uning siyosiy g‘alabasi bo‘ladi;
◾️ Tinchlik yo‘lidagi eng birinchi qadam — sulh o‘rnatilgach, AQSh va Yevropa tomonidan Ukraina himoya qilinishini kafolatlashdir;
◾️ Biz hech narsadan qo‘rqmaymiz. Saylovga ham, referendumga ham tayyormiz;
◾️ Men hokimiyatga yopishib olganim yo‘q, saylovlarga tayyorman;
◾️ Urush davomida saylov o‘tkazish fikri ruslardan chiqdi, chunki ular mendan qutulishni xohlashadi;
◾️ Men Yermakni korrupsiya bo‘yicha tergov tufayli ishdan bo‘shatmadim. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor edi.