Futbol klubi egasi irqchilikda ayblandi
"Manchester Yunayted" aksiyadorlaridan biri Jim Retkliff Sky News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:
▪️ “Britaniyaga immigrantlarning katta oqimi bor. Aholi soni 2020 yilda 58 milliondan 70 millionga yetdi. Men aytmoqchimanki, Britaniya mustamlaka qilinmoqda. Va bu juda ko‘p pulga tushmoqda.”
▪️Bosh vazir Kir Starmer uning so‘zlarini qoralab, ularni haqoratli deb atadi va undan uzr so‘rashga chaqirdi.
▪️Britaniya parlamenti a’zosi Stella Krizi chet elliklarsiz "Manchester Yunayted"da uchta o‘yinchi bo‘lar edi" deb ta’kidladi.
▪️Futbolda irqchilikka qarshi kurashuvchi Kick it Out tashkiloti Ratkliffning so‘zlari «uyatli va chuqur ayirmachilik keltirib chiqaradi" deb ta’kidladi.
▪️Britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan biznesmen irqiy nafratni qo‘zg‘atgan ikkiyuzlamachi ekanligini aytdi. Shuningdek, u Retkliffning o‘zi Monakoda soliqlardan yashiringan immigrant ekanligini ta’kidladi.