Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda temir yo‘l xodimini poyezd bosib ketdi

Toshkentda temir yo‘l xodimini poyezd bosib ketdi

Toshkentning Yangihayot tumanida temir yo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea 5 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Temir yo‘lda konduktor lavozimida ishlovchi 1988 yilda tug‘ilgan erkak teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida relsga yiqilib tushgan va ushbu baxtsiz hodisa yuz bergan.

Voqea joyiga tegishli mas’ullar va tez yordam chiqarilgan. Lekin ko‘rsatilgan birinchi yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.

Kiritildi: 23:22 09.10.2024. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!