Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda “Soxta makler” qo‘lga olindi

Toshkentda “Soxta makler” qo‘lga olindi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 33 yoshli B.N., ariza bilan murojaat qilib, “Olx” platformasida, xonadon ijarasi to‘g‘risidagi e’lon bo‘yicha noma’lum shaxsga 950.000 so‘m pul mablag‘larini o‘tkazib berganidan so‘ng aldanib qolganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs, muqaddam javobgarlikka tortilgan, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi, 31 yoshli SH.N. ekanligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, SH.N., B.N.dan tashqari, “Olx” platformasida xonadon ijarasi to‘g‘risidagi yolg‘on e’lon bo‘yicha uy qidirgan o‘ndan ortiq fuqarolarni aldab, pul mablag‘larini shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

SH.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, SH.N. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 20:55 08.06.2023. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!