Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda shifokorlar so‘kong‘ich bosh vrach ustidan Mirziyoyevga shikoyat qildi

Toshkentda shifokorlar so‘kong‘ich bosh vrach ustidan Mirziyoyevga shikoyat qildi

"Human.uz" tahririyatiga videomurojaat kelib tushdi. Unda Toshkent viloyati Sanitariya Epidemiologiya Osoyishtalik Agentligi bosh vrachi Baxtiyor Baltabayev deb aytilayotgan rahbar xodimlarini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani aks etgan.

“Puli ko‘payib qoldi bularni. Hammasi boy bo‘lib, millioner bo‘pqoldi. Odamni mensimaydigan bo‘lib. Qoqaman puliga qo‘shib hammasini”, — deydi u.

Hatto ayol xodimlarni ham ayab o‘tirmaydi. Ish paytida qayerda eding, deb savol-javob qiladi. “Falon qivoraman, piston qivoraman”, deya haqoratlaydi. “Osmonga chiqib qopsan-ku a? Tushirib qo‘yaman”, — deydi.  

Toshkentda shifokorlar so‘kong‘ich bosh vrach ustidan Mirziyoyevga shikoyat qildi

Og‘zi polvon vrach yonidagi hamkasbiga “Do‘xtircha gaplashib o‘tirmang bular bilan! ....dan(uyatli so‘z —tahririyat) olib, ... ga solib, ...ni chiqarvorsangiz, keyin pishadi ish. Bo‘lmasa, pishmaydi ish. Shunaqa qilib ishlatish kerak bularni. Ko‘rdingizmi, Bahodir Qahramonovich qanaqa qilib so‘kadi hokimlarning oldida hammani. “Ey, ... bu yoqqa kel, pi...z”, deb so‘kyapti hammani”, — deya ishlashni tavsiya qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tizimdagi rahbarlarda ish yuritishi tartibi shunday.

Murojaatda “O‘z hizmat lavozimidan foydalanib, Prezident qaroriga asosan xodimlarga ajratilgan ustama rag‘batlantirish pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi haqida tegishli joylarga shikoyat yozilganligi sababli, Toshkent viloyati SEOMga kelgan KRUdan, Prezidentga doklad qilishdan qochib, o‘zini kasalga chiqarib bolnisaga yotib olgan edi... Ming afsuski, Baltabayev kasal emasligini, qonuniy jazodan va tekshiruvchilarni chalg‘itish uchun yolg‘ondan kasalxonaga yotib olganini isboti.

MUHTARAM PREZIDENT SHAVKAT MIROMONOVICH!!!

Biz Toshkent viloyati va barcha tuman shahar SEOM xodimlari talab qilamiz!!!

Baltabayev Baxtiyor Abdushukurovich jinoiy javobgarlikka tortilib, qonun oldida va xodimlari oldida javob bersin!” deb yozilgan.

Umid qilamizki, inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzayotgan, axloqsiz rahbarning ushbu xatti-harakatlari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Aytish kerakki, O‘zbekistonda rahbarlarning qo‘l ostidagi xodimlarning haqoratlashi, hatto urib-tepish holatlari tez-tez uchrab turadi. 

Kiritildi: 10:52 02.06.2020. O'qildi: 9265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!