Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda SHHT kotiblarining uchrashuvi tashkil etildi

A A A
Toshkentda SHHT kotiblarining uchrashuvi tashkil etildi

Kuni kecha Toshkentda SHHT kotiblarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Kinematografiya agentligi Xalqaro bo‘limi vakillari ham ishtirok etib, 14-18 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.

Uchrashuvda shuningdek, sammit doirasida tashkil etilishi kutilayotgan tadbir va uchrashuvlar haqida ham so‘z bordi. Kinofestival doirasida SHHTga a’zo davlatlar milliy filmlarining namoyishi tashkil etilishi kelishib olindi.

Bundan tashqari, kelgusida kinematografiya sohasida ko-produksiyalar ishlab chiqarish, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Kiritildi: 12:57 16.06.2022. O'qildi: 1673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!