Toshkentda ruhiy xasta fuqaro IIO xodimiga pichoq bilan hujum qildi.
IIV matbuot xizmati kotibi Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, kecha Yunusobod dehqon bozori yaqinida shubhali harakatlar qilgan fuqaro inspektor tomonidan to‘xtatildi.
Tekshiruv paytida fuqaro kutilmaganda pichoq bilan hujum qilib, xodimning bo‘yniga jarohat yetkazgan. Xodim shifoxonaga olib ketilib, hayoti saqlab qolingan.
Tezkor tadbirlar davomida gumondor qo‘lga olinib, uning 2005 yildan beri ruhiy kasallar ro‘yxatida turgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat bo‘yicha prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.