Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda retro avtomobillar marshi bo‘lib o‘tadi: (yo‘nalish va namoyishlar manzili)

A A A
Toshkentda retro avtomobillar marshi bo‘lib o‘tadi: (yo‘nalish va namoyishlar manzili)

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi. 

Jumladan, 4 – 7 may kunlari Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholining gavjum joylarida ularning to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi. Retro mashinalar marshining to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

4 may – soat 14.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – M.Ulug‘bek bog‘i – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigasiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “G‘alaba bog‘i” – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: M.Ulug‘bek bog‘i va “G‘alaba bog‘i”;

5 may – soat 10.00 – 15.00 da – Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sirg‘ali bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali,  Sirg‘ali bozori  va “Ashxobod” bog‘i;

Toshkentda retro avtomobillar marshi bo‘lib o‘tadi: (yo‘nalish va namoyishlar manzili)

6 may – soat 14.00 – 19.00 da – Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish ko‘chasi, Megaplaneta – Yunusobod ko‘chasi Korzinka savdo markazi –Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “EKO” bozori, Megaplaneta  va Korzinka savdo markazi;

7 may – soat 10.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – “Toshkent” siti – Xalqlar do‘stligi san’at saroyi – Chilonzor dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “Toshkent” siti, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi  va Chilonzor dehqon bozori.

Kiritildi: 12:43 05.05.2021. O'qildi: 2065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!