“Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar davomida 28-noyabr kuni Mirzo-Ulugbek tumani Gulbadambegim-Do‘rmon yo‘li ko‘chalari kesishmasida o‘z xatti-harakatlari bilan shubha uygotgan shaxs e’tiborga tushib qoldi. Xolislar guvohligidagi tekshiruv natijasida qo‘shni respublika fuqarosi 29 yoshli Esen K.ning yonidan 248,49 gr. “mefedron” giyohvandlik vositasi topilib, olib qo‘yildi.
Esenning yashash joyidan xolislar guvohligida ashyoviy dalillar sifatida giyohvandlik vositalarini taqsimlash vositalari – elektron tarozi, izolenta, paketlar va 0,5 gr. “gashish” topildi.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zgatildi. Tergov olib borilmoqda.