Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda qiymati 1,5 mlrd. so‘mlik koshona sotuvga qo‘yildi

Toshkentda qiymati 1,5 mlrd. so‘mlik koshona sotuvga qo‘yildi

Bu “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga poytaxtdan qo‘yilgan eng qimmat turar joy binolaridan biridir.

Ushbu qasr Olmazor tumani MIB tomonidan auksionga qo‘yildi.

Lotning boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd. so‘m etib belgilangan. Bu E-ijro onlayn-maydoni o‘z faoliyatini boshlagandan beri turar joy bo‘limiga qo‘yilgan eng qimmat ob’ektlardan biriga aylandi.

Er uchastkasining umumiy maydoni 0,05 gektar. Ikki qavatli uy maydoni 327 kv.metr. Unda oltita xona va yertula bor. Qurilish yili sifatida 2017 yil ko‘rsatilgan. Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida joylashgan.

Kimoshdi savdosi 27 avgust kuni bo‘lib o‘tsa, arizalar 25 avgustga qadar qabul qilinadi. Zakalad miqdori 76,5 mln. so‘mga teng.

xs.uz

Kiritildi: 16:23 08.08.2019. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!