Shavkat Umurzoqov 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, hokimlik va “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Hujjatda pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdori ham tasdiqlandi. Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga bo‘linadi.
Bir soatlik to‘xtab turish narxlari:
Parking transport vositalarini saqlash uchun mo‘ljallanmagan. U yerda uchinchi shaxslar tomonidan transport vositalarining olib qochilishi va shikastlanishi xavfi avtomobillar egalari zimmasida qoladi.
Ayrim guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ikki g‘ildirakli transport vositalari bepul joylashtirilishi mumkin.