Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda prokuror yordamchisi pora olib, qochishga uringanda qo‘lga tushdi

Toshkentda prokuror yordamchisi pora olib, qochishga uringanda qo‘lga tushdi

Prokuror yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 2025 yilning sentyabr oyiga qadar Shayxontohur tumani prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan, hozirda Uchtepa tumani prokurori yordamchisi bo‘lgan mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, yakka tartibdagi tadbirkorga Shayxontohur tumanida joylashgan 2 ta uyning yerto‘la qismidagi noturar maydonlarni ijaraga olib berganligini ro‘kach qilgan. So‘ngra undan 15 ming AQSh dollarini o‘ziga tegishli avtomashinada olib, hodisa joyidan qochishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur prokuror yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!