Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda poyezd tomiga chiqqan 18 yoshli yigitni tok urdi

Toshkentda poyezd tomiga chiqqan 18 yoshli yigitni tok urdi

Toshkentda 18 yoshli o‘smir suratga tushish uchun poyezd vagoni tomiga chiqqanida uni 27 ming voltlik elektr toki urgan. Bu haqda «Millar» dasturida ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, voqea joriy yilning 20 sentyabrida soat 19:05 da «Hamza» stansiyasida sodir bo‘lgan.

Yigit elektr toki urib, yerga yiqilgan va voqea joyiga yetib kelgan stansiya xodimlari uning yonib ketgan kiyimlarini o‘chirishgan. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va tez yordam chaqirilgan.

Yigit tanasining 98 foizi tok urishi natijasida kuygani va hozirda ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 08:49 24.09.2023. O'qildi: 1658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!