Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda parkdan "qochgan" oqqushni bir erkak so‘yib, oilasiga yedirdi

A A A
Toshkentda parkdan "qochgan" oqqushni bir erkak so‘yib, oilasiga yedirdi

Toshkentda erkak "Central Park"dan uchib chiqqan oqqushni tutib, uyiga olib borib, oila davrasida yeyishdi. Bu haqda “Mehr va oqibat” jamiyati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, istirohat bog‘idagi oqqush to‘siq ustidan uchib o‘tib, tashqaridagi yo‘lakka tushgan. U yerda fuqaro N. uni ushlab, uyiga olib ketgan.

Aniqlanishicha, uning 13 yoshli o‘g‘li oqqushning boshini kesib tashlagan. Keyinroq oila qushni yeb qo‘ygan.

“Mehr va Oqibat” vakillari, bog‘ xodimlari va Mirzo Ulug‘bek tumani profilaktika inspektori erkak va uning 13 yoshli o‘g‘li bilan uchrashgan.

Otaning so‘zlariga ko‘ra, ular qushni oq g‘oz deb o‘ylashgan, uni ovqatlantirmoqchi bo‘lishgan, lekin u ovqatdan bosh tortgan.

Fuqaro N. nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimaga tortilgan.

Kiritildi: 21:32 11.08.2022. O'qildi: 4069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!