Bugun, 14 yanvar kuni soat 09:02da Toshkent shahar Olmazor tumani Qora-Qamish-3 dahasidagi oziq-ovqat do‘koni yonayotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:06da yetib borib, yong‘in soat 09:19da qurshab olindi va soat 09:24da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 80 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.