Ayanchli YTH tafsilotlari va bemor holati ochiqlandi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ayanchli yo‘l transport hodisasi aks etgan video tarqalgan edi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 31 may kuni poytaxtning Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda "Millar" dasturi xabar qildi.
Aniqlanishicha, Matiz rusumli avtomobil va 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili to‘qnashgan. Oqibatda Nexia haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi yo‘lovchini urib, daraxtni sindirgan.
Jarohatlangan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam Ilmiy markazining Toshkent filialiga olib borilgan.
"Bemorda bosh moya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap son suyak sinishi kabi tashxislar qo‘yildi. Bemorga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi va reanimasiya bo‘limiga yotqizildi.
Rejali davolashlardan so‘ng bemorga singan oyog‘i qayta tiklanib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli”, - deydi shifokor.
Hozirda hodisa yuzasidan Toshkent shahar Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.