Bugun 3 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza quladi

Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza quladi

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 17 yoshli maktab o‘quvchisi futbol maydonidagi darvoza to‘sini qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Olmazor tumanidagi 133-maktabning 11-sinf o‘quvchisi M.A. 2024 yil 27 sentyabr kuni soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoshlari bilan futbol o‘ynagani borgan.

O‘yin tugagandan so‘ng M.A. stadion darvozasi to‘siniga osilgan va muvozanatni ushlay olmay yiqilib tushgan. Shu paytda darvoza yiqilib uni bosib qolgan.

Sinfdoshlar M.A.ni darhol darvoza tagidan chiqarib olishgan va tibbiy tez yordam mashinasini chaqirishgan. Tez yordam mashinasi 40 minutda yetib kelgan.

Og‘ir jarohatlangan M.A.ni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining jonlantirish bo‘limiga olib borishayotganda uning joni uzilgan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra bemor qorin yopiq jarohati, jigar yorilishi, jigar venasi uzilishi, ichki qon ketishi, travmatik shok oqibatida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:05 02.10.2024. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!