Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ugledar bosib olindi: Rossiya armiyasi shaharda rus bayrog‘ini hilpiratdi

Ugledar bosib olindi: Rossiya armiyasi shaharda rus bayrog‘ini hilpiratdi

Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi Ugledar shahri, Ukraina harbiylarining Donesk viloyatidagi strategik nuqtasi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi. Ugledar 2022 yilda urush boshlanganidan beri Rossiyaning shiddatli hujumlariga dosh berdi va 2,5 yil davomida egallashga bo‘lgan barcha urinishlariga qarshi kurashib kelayotgandi.

1 oktyabr kuni rus Telegram-kanallarida rossiyalik harbiy xizmatchilarning vayron bo‘lgan binolar ustida Rossiya bayrog‘ini silkitayotgani aks etgan video chop etildi. Urushdan oldin 14 mingdan ortiq kishi yashagan shahar butunlay vayron bo‘lgan - Ukraina barcha aholisini evakuasiya qilgan.

"Moskovskiy komsomoles" gazetasining yozishicha, Ugledar Ukraina qo‘shinlarining 72-mexanizasiyalashgan brigadasi seshanba kuni kechqurun shaharni tark etgandan so‘ng egallangan.

SHOT Telegram-kanali va rossiyaparast harbiy blogerlar Rossiya Mudofaa vazirligidan rasmiy xabar berilmagan bo‘lsa-da, Ugledar to‘liq Rossiya nazorati ostida ekanligini tasdiqladi. 1 oktyabr kuni Ukraina hukumatining mintaqadagi vakili rus qo‘shinlari Ugledar markaziga yetib kelganini tasdiqladi.

Sharqiy va janubiy jabhalar kesishmasida joylashgan Ugledarni nazorat qilish strategik jihatdan juda muhim bo‘lib, u Ukraina mudofaa chizig‘iga chuqurroq kirib borishga urinayotgan Rossiya yurishlarini yengillashtiradi. Chunki Ugledar Qrimni Donbass bilan bog‘laydigan temir yo‘l liniyasi yaqinida joylashgan. Rossiya harbiylarining navbatdagi nishoni - Ugledardan 80 km uzoqlikda joylashgan Pokrovsk.

Prezident Vladimir Putin iyul oyida Rossiyaning asosiy taktik maqsadi Ukraina janubi-sharqidagi butun Donbass mintaqasini nazorat ostiga olish ekanligini aytgandi. Ayni paytda Moskva Ukraina hududining beshdan bir qismidan sal kamroq qismini, jumladan Donesk va Lugansk viloyatlarining 80 foizini nazorat qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:48. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!