Tolibon razvedkasi Isroil va Qo‘shma Shtatlar yaqin orada Afg‘oniston hududiga zarbalar berishini ma’lum qildi, chunki u yerda Livanning «Hizbulloh» tashkiloti vakillari joylashgan.
Rossiya siyosatshunoslar jamiyati tahliliy markazi rahbari va Afg‘oniston siyosatini o‘rganish markazi rahbari Andrey Serenko Afg‘onistondagi manbalariga tayanib, o‘zining TG kanalida «Tolibon» quyidagi xabarlarni tarqatayotganini yozdi: “Isroil tayyorlanmoqda. Qo‘shma Shtatlar ko‘magida aksilterror havo operasiyasi o‘tkaziladi, uning davomida G‘arbiy Afg‘onistonda joylashgan nishonlarga havo zarbalari beriladi.
Tolibonga ko‘ra, Hizbulloh qo‘mondonlari Hirot va Farah viloyatlarida joylashgan va nishonga olinadi.