Eron 1 oktyabr kuni Isroilga raketa uchirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi.
Eronning rasmiy axborot agentligi IRNA Isroilga raketa uchirilganini tasdiqladi, boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi zarbalarni Livanga bosqin va Hasan Nasrullohning o‘limi uchun javob deb atagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari Eron raketalarini ushlab olmay qolgan va ular yerga kelib tushgan. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Raketa zarbasi ko‘lami haqida hali ishonchli ma’lumotlar yo‘q.
Avvaliga ba’zi nashrlar yuzga yaqin raketalar haqida xabar berishdi, keyin Jerusalim Post gazetasi hech qanday manbaga tayanmasdan, 500 ga yaqin raketa bo‘lishi mumkinligini aytdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat harbiylariga Isroilga yordam berish bo‘yicha buyruq berdi, deya xabar qilmoqda Oq Uy.