Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda joylashgan Sa’di Sirojiddinov nomidagi akademik liseyda o‘qituvchi o‘quvchining yuziga ayovsuz urgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, videodagi holat 16 may kuni sodir bo‘lgan. Poytaxtning Chilonzor tumanidagi tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan Sa’di Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik liseyida o‘quvchi J.M. (2007 yilda tug‘ilgan) fanga tayyorgarlik ko‘rmagani va o‘qituvchi M.A. (1997 yilda tug‘ilgan) bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmagani uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urgani aniqlangan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.