Toshkentda kuchli shamol oqibatida yiqilgan daraxt 2 kishini bosib qoldi. “Millar“ dasturida aytilishicha, kuchli shamol oqibatida daraxt fuqaroning ustiga qulab tushgan va fuqaro vafot etgan.
Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlardan biri shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Ikkinchi fuqaroga bosh miya jarohati sababli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, u hozirda og‘ir holatda reanimasiya bo‘limida davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23 may, juma kuni tongda poytaxtda kuchli changli shamol kuzatilgan edi.