Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda kranning ag‘darilib ketishi natijasida 2000 yilda tug‘ilgan yollanma ishchi vafot etdi

Toshkentda kranning ag‘darilib ketishi natijasida 2000 yilda tug‘ilgan yollanma ishchi vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida minorali qurilish krani ag‘darilganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 8 sentyabr kuni taxminan soat 18.00 larda Chilonzor tumani, Tirsakabod ko‘chasida olib borilayotgan qurilish hududida, minorali qurilish kranini o‘rnatish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ta’minlamaganligi sababli kran qulab tushgan.

Natijada o‘rnatish ishlarini olib borayotgan yollanma ishchi 2000 yilda tug‘ilgan L.A. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yollanma ishchilar 2004 yilda tug‘ilgan I.Q. hamda 2000 yilda tug‘ilgan M.A. turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqaroning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari ("Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 12:25 09.09.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!