Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda kondisionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi

A A A
Toshkentda kondisionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida kondisionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisiga jazo chorasi belgilandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 7 iyun kuni soat 10:12 lar atrofida “Toshshahartransxizmat” AJning 12-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 59-sonli yo‘nalish haydovchisi o‘z boshqaruvidagi avtobusning sovitish tizimi (kondisioner)ni yoqmagan holda harakatlangan.

“Sergeli 7-mavze” bekatida yo‘lovchilar e’tirozidan so‘ng haydovchi sovitish tizimini yoqqan holda harakatlangani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ hamda 12-Avtobus saroyi filiali mas’ul xodimlari tezkorlik bilan 59-sonli avtobus yo‘nalishining oxirgi bekati hisoblangan “Do‘stlik-2 shohbekati”ga yetib borib, yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rilishi belgilandi.

Korxona ichki tartib-qoidasiga binoan, haydovchilar avtobus salonida sovitish tizimi (kondisioner)ni soat 8:00 dan 19:00 ga qadar yoqqan holda harakatlanishlari belgilangan.

Kiritildi: 23:13 07.06.2023. O'qildi: 2019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!