Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda karantin qoidalariga amal qilmagan avtobus haydovchilari va chiptachilari jarimaga tortiladi

Toshkentda karantin qoidalariga amal qilmagan avtobus haydovchilari va chiptachilari jarimaga tortiladi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi jamoat transportlarining haydovchilari va chiptachilari karantin qoidalariga amal qilmagani uchun oylik maoshi hisobidan jarimaga tortiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati o‘z tasarrufidagi avtobus yo‘nalishlari va shohbekatlarda dezinfeksiya ishlarini yanada kuchaytirdi.

Kompaniya tomonidan yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jamiyat rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhlar shohbekatlarda bo‘lib, dezinfeksiya jarayonlarini kuzatmoqda. Haydovchi va chiptachilarning karantin talablariga qay darajada amal qilayotgani, tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganmoqda.

Belgilangan karantin me’yorlariga amal qilmagan ishchilarga nisbatan jarima choralari qo‘llanilmoqda. Xususan, yo‘nalishlarda tibbiy niqob va qo‘lqopsiz yurgan haydovchi va chiptachilar oylik maoshlari hisobidan 10 foiz, ushbu holat ikkinchi marotaba takrorlanganda esa 50 foizgacha jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahrida hamda O‘zbekistonning barcha «sariq« va «yashil» hududlarida 8 iyundan boshlab jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 07:07 07.07.2020. O'qildi: 2089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!