Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda Isroil fuqarosi 9 ta xonadonni 57 kishiga sotib, qochib ketgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda Isroil fuqarosi 9 ta xonadonni 57 kishiga sotib, qochib ketgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentning Yashnobod tumanida 2020 yilda Isroil fuqarosi uch oyda uy qurib beraman deb fuqarolarni chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Mening yurtim" telekanali xabar berdi.

Firibgar 9 ta xonadonni 57 kishiga sotib, yurtiga qochib ketgan.

Eng achinarlisi, fuqarolar yashab turgan 2 xonali uylarini sotib, firibgarga shundoqqina tutqazishgan. Mazkur firibgarlik natijasida 830 ming AQSh dollari miqdorida zarar yetkazilgan.

"Sud bo‘ldi, tergovchilar almashdi, lekin hech qanday foyda bo‘lgani yo‘q. Sud jarayonlari bir yildan beri davom etyapti", deydi jabrdiydalardan biri.

Kiritildi: 09:56 23.08.2024. O'qildi: 5254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!